09:23 / 06.12.2019
2 750

120 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

120 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday huquqbuzarlikka chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan “Isuzu” rusumli yuk avtoulovi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, yukxonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 120 million so‘mlik 120 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 120 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi