10:33 / 06.12.2019
3 230

Buxoroda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi

Buxoroda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi
Buxoroda 5 dekabr, payshanba kuni soat 04:55 da elektrovoz temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yubordi. U hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdi Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli «Yakkatut» va «Murg‘ak» bekatlari oralig‘ida harakatlantirib ketayotgan vaqtida mazkur hodisa yuz bergan.

Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi