3 520
Qo‘qonda valyutafurush prokuratura xodimining ko‘ziga gaz sepib, tan jarohati yetkazdi
Farg‘ona viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimiga qarshilik ko‘rsatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4.200 AQSh dollarini 40,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyida yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 dekabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi