20:38 / 06.12.2019
3 230

Ota-ona va alimentchi o‘g‘il yarashdi

Ota-ona va alimentchi o‘g‘il yarashdi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar deb ko‘rsatilgan.
MIB Kogon shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 17.02.2017 yildagi sud ijro hujjatiga asosan qarzdor O‘.Odilovdan undiruvchi otasi N.Odilov foydasiga har oyiga 100 000 so‘m va T.Odilova foydasiga har oyiga 100 000 so‘mdan aliment undirib borilishi haqida ijro hujjatlari mavjud.

Olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida undiruvchi ota-ona va qarzdor o‘g‘il yarashuviga erishildi.
Shunga ko‘ra, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-bandiga asosan undiruvchilarga ijrosiz qaytarildi va ushbu ijro ishlari yuzasidan ish yuritish tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota-ona va alimentchi o‘g‘il yarashdi