13:36 / 07.12.2019
3 301

DXXning soxta xodimi qoʻlga olindi

DXXning soxta xodimi qoʻlga olindi
Xorazmda fuqaroni chegara qoʻshinlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pora talab qilgan DXXning soxta xodimi ushlandi. Bu haqda “Daryo”ning DXXdagi manbalari xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Urganchdagi maktablarining birida psixolog vazifasida ishlab kelgan 35 yoshli A.M. fuqaro Q.O.ga oʻzini goʻyoki hozirda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasida ishlayotganligini aytib, 600 dollar evaziga uni Chegara qoʻshinlariga ishga kiritib qoʻyishi mumkinligini bildirgan.

DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.M. jabrlanuvchi Q.O.dan 600 AQSH dollari olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXXning soxta xodimi qoʻlga olindi