19:43 / 08.12.2019
2 771

Baxtimiz Qomusiga bagʻishlangan tadbir

Baxtimiz Qomusiga bagʻishlangan tadbir
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda boshqarmaning tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, inspektorlar, shahar va tumanlar boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Bosh qomusimiz xalqimiz hayotida tub burilish yasagan, har birimizning hayotiy farovonligimiz va erkinligimiz kafolati ekanligi, ayniqsa, barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirish, yurtimizning bugungi yuksak taraqqiyotini taʼminlash, umummilliy hamda umuminsoniy gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan maqsadlarimizni roʻyobga chiqarishda dasturilamal boʻlayotgani alohida taʼkidlandi.

Shundan soʻng yigʻilganlarga Byuro direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining qutlugʻ 27 yilligi munosabati bilan yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.

Tadbirda bayram munosabati bilan qonun ustuvorligi, sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash, energiya resurslari, suv va maishiy chiqindilar uchun qarzdorlini undirish va nazorat qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish, toʻlov intizomini mustahkamlashda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlarga boshqarma boshligʻining tashakkurnomasi eʼlon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baxtimiz Qomusiga bagʻishlangan tadbir