11:46 / 09.12.2019
2 911

UzAuto Motors tumanda avtomobil boshqarish bo‘yicha maslahatlar berdi

UzAuto Motors tumanda avtomobil boshqarish bo‘yicha maslahatlar berdi
UzAuto Motors tumanli ob-havoda avtomobil boshqarish bo‘yicha 5 maslahat berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda tabiatimizda tuman tushishi hodisasi tez-tez yuz bermoqda. Bu haydovchilar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.

Ammo quyidagi oddiy tavsiyalarimizga amal qilsangiz muammoni osongina hal etishingiz mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.

Ular:
- yo‘lga chiqishdan avval chiroq moslamalarini tekshiring. Yoqib ko‘ring, tashqi tekshiruv o‘tkazing.
- yo‘lda tumanga qarshi faralarni albatta yoqib oling. Avtoulovdagi barcha yoritgichlarni ishga tushirish shart emas, sababi tuman barcha yorug‘likni o‘zingizga qaytarib, yo‘l hodisasi yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
- tumanli hududga kirishdan avval iqlim-nazorati: pech yoki konditsionerni yoqing. Ular kondensat yuzaga kelishining oldini oladi.
- zarur holatda tezkor qaror qabul qilish uchun masofani saqlang. Masofa kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq.
- yo‘lda shoshilmang. Yuqori tezlikda harakatlanganda yo‘lni ko‘rish imkoniyati past sharoitda tezkor chora qabul qilish murakkab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UzAuto Motors tumanda avtomobil boshqarish bo‘yicha maslahatlar berdi