08:50 / 10.12.2019
3 899

​Qat'iyan ta'qiqlangan yeguliklar

​Qat'iyan ta'qiqlangan yeguliklar
Shunday maxsulotlar borki, ba’zi mamlakatlarga tashrif buyurganingizda ularni ko‘nglingiz tusagan paytda ham topa olmaysiz. Ularning oldi-sotdisi qat’iy ta’qiqlangan. Keling shunday maxsulotlardan bir qanchasini ko‘rib chiqaylik:

1. Qovurilgan tovuq go‘shti - ko‘pgina tovuq yetishtiruvchi mamlakatlar tovuqlarning go‘shti chiroyli ko‘rinishi uchun ularning ozuqasiga «arsein» deb atalgan Yevropada ta’qiqlangan moddani qo‘shishadi. Bu modda esa aynan saraton kasalligiga sabab bo‘lgani bois qovurilgan tovuq go‘shtini iste’mol qilish muayyan hududlarda ta’qiqlanadi.


2. Kartoshka chipslari - Kartoshkali maxsulotlarga ta’m berish maqsadida «olestra» deb nomlangan kimyoviy element qo‘shiladi, chunki bu element yog‘larning o‘rnida ishlatiladi. Olestradan Kanada va Buyuk Britaniyada foydalanish ta’qiqlangan. Tadqiqotlarga ko‘ra, olestra ichakdagi muammolarning ko‘payishiga olib keladi va shuning uchun dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ta’qiqlangan.


3. Xom sut - ayniqsa Osiyo va Yevropa qit’alarida ko‘pgina odamlar xom sut ichishadi. Pasterizatsiya qilinmagan sutni boshqa qit’alarda uchratish amrimahol, chunki ular tarkibida Ye. coli va salmonella kabi bakteriyalar mavjud. Ushbu mahsulot Kanada, Shotlandiya, AQShning ba’zi qismlarida va Avstraliyada ta’qiqlangan. FDA qoidalariga ko‘ra, barcha sut pasterizatsiya qilinishi va tegishli ravishda standartlarga javob berishi kerak.


4. Energetik ichimliklar - bugungi kunda judayam savdosi chaqqon mahsulotdir. Biroq, ularning ko‘pchiligi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida ta’qiqlangan. Ularning tarkibida asab kasalliklarini keltirib chiqaruvchi bromlangan o‘simlik moyi borligi aniqlangan.


5. Samosa - bu asosan Hindiston va Afrikada tayyorlanadigan mazali taom. Biroq, bu Somalida ta’qiqlangan va buning sababi samosa o‘ta xristiancha taom deb ta’rif berilgan. Bunday ta’rif berilishiga sabab uning uchburchaklar shakli, shubhasiz, Muqaddas Uch Birlikka o‘xshaydi va shuning uchun butun dunyoda ta’qiqlangan ovqatlar ro‘yxatiga kiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Qat'iyan ta'qiqlangan yeguliklar