«Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.
Unga muvofiq:
- Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;
- tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
- Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;
- ayrim shaxslarga (kam ta’minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lanadi.
Yangi tartib quyidagilarda joriy etiladi:
- qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda;
- Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi