13:30 / 11.12.2019
2 988

Banklar ayrim filiallarini yopmoqda, Markaziy bank buning sababini ma’lum qildi

Banklar ayrim filiallarini yopmoqda, Markaziy bank buning sababini ma’lum qildi
O‘zbekistonda 1 oktyabr holatida kredit tashkilotlari va bank filiallari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8640 tadan 8061 taga kamaydi. Bu Markaziy bank statistik ma’lumotlaridan o‘rin olgan.

Tijorat banklari filiallari soni 49 taga (896 tadan 847 taga), mini banklar — 174 taga (1134 tadan 960 taga), bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar soni esa 373 taga (2281 tadan 1908 taga) kamaydi.

Bundan tashqari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 948 tadan 943 taga, mobil kassalar esa 2132 tadan 2115 taga kamaydi.

Markaziy bank Litsenziyalash va ruxsat berish tartiboti departamenti direktori Nusratulla Fozilovning «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, filiallar sonining kamayishi barcha viloyatlarda «bank xizmatlari ofislari» tarmog‘ining ochilishi bilan bog‘liq. Zarur hollarda banklar mavjud filiallar tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega.

«Banklar filiallardan foyda olishga e’tibor qaratmoqda. Hozirda ko‘plab filiallar zararga ishlashga o‘tdi, banklar ularni saqlab turishdan foyda ko‘rmayapti. 50−150 nafar xodim ishlayotgan katta filiallar o‘rniga xuddi shu xizmatlarni ko‘rsatayotgan 5−10 kishilik xodimga ega ixcham ofislar tashkil etilmoqda», — dedi u.

Nusratulla Fozilov gap bank xizmatlari hammabopligining kamayishi haqida emas, balki banklarning operatsion xarajatlarini kamaytirish haqida ketayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi: «Bitta yirik filial o‘rniga ikki-uchta ixcham bank xizmatlari ofislari tashkil etilmoqda».

MBdan aniqlik kiritilishicha, 1 dekabrda tijorat banklari 237 ta bank xizmatlari ofisini ochdi. Ularni tashkil etish prezidentning 24 oktyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan. 31 oktyabr kuni BM qarori bilan bunday ofislarni tashkil etish tartiblari tasdiqlandi.

Ofislar depozit hisob-raqamlarini ochish, omonatlarni qabul qilish, to‘lovlar va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, iste’mol kreditlari va mikroqarzlar berish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.

O‘tgan davr mobaynida tijorat banklari soni 28 tadan 30 taga, davlat ulushiga ega banklar soni 11 tadan 13 taga, mikrokredit tashkilotlari — 36 tadan 51 taga, lombardlar — 53 tadan 59 taga, xalqaro to‘lovlarni o‘tkazish shoxobchalari — 1132 tadan 1148 taga ko‘paydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Banklar ayrim filiallarini yopmoqda, Markaziy bank buning sababini ma’lum qildi