Foto: «Nauka.tass.ru»
Internetda 2 yildan so‘ng genetik modifikatsiyalangan bolalar paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi «AIF». Bunga biologiya fanlari doktori, Skoltex va Ratger universiteti (AQSh) professori Konstantin Severinov o‘z munosabatini bildirgan.
— Ertami-kech bu yuz beradi — jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Biroq bunday operatsiyalar ko‘p sonli tekshiruv va qo‘shimcha tadqiqotlardan so‘ng amalga oshirilishi zarur. Misol uchun, xitoylik biolog Xe Szyankuy embrionlar genomida tadqiqot o‘tkazdi. U OITSga chidamlilikni oshirdi. Biroq buning uchun hech qanday tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmagan. Xavf-xatarni oldindan baholab bo‘lmaydi. Oyoq-qo‘lsiz bola tug‘ilganda nima bo‘lardi?
Vaqti kelib genni tuzatish yordamida odamzodni ko‘pgina genetik kasalliklardan xalos etish mumkin, deb o‘ylayman. Ma’lumki, irsiy kasalliklarni 5 mingta gen mutatsiyasi keltirib chiqaradi. Ularni davolash mumkin bo‘ladi.
Hozir odamzodning genofondi yomonlashyapti. Ba’zilar genlarning nomuvofiq kombinatsiyasiga ega. Ilgari bunday mutatsiya sohiblari tirik qolmagan yoki zurriyod qoldirmagan. Biroq zamonaviy tibbiyot keyingi avlodga genlarning yaxshi kombinatsiyasini qoldirish imkonini beryapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi