15:35 / 13.12.2019
2 531

Jurnalistlarni mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Jurnalistlarni mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi
Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

2020 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini ta’minlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning o‘z kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlari belgilanishini nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

2020 yil 1 martga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularda jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jurnalistlarni mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi