3 897
Samarqandlik yigit «Odnoklassniki»da tanishgan qizidan "sharmanda qilaman" deb qo‘rqitib, pul talab qildi
«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida bir qiz bilan tanishib, u bilan uchrashib yurgan va keyinchalik qizni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan 1700 dollar talab qilgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Xabar berilishicha, 8 dekabr, yakshanba kuni 25 yoshli Oydinoy (ismi o‘zgartirilgan) Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, qiz 2019 yil avgust oyida «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida 21 yoshli R.A. ismli shaxs bilan tanishib, u bilan uchrashib yurgan.
Ma’lum qilinishicha, R.A. qizni sharmanda qiluvchi ma’lumotlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1700 dollar miqdorida pul talab qilgan.
2019 yil 8 dekabr kuni soat 18:00 da Pastdarg‘om tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. so‘ralgan pullarning bir qismi, ya’ni 600 dollarni olayotganida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov jarayonida R.A.ga ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin