12:43 / 14.12.2019
2 860

Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni tayinlash bekor qilinadi

Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni tayinlash bekor qilinadi
Foto: RBC/TASS
O‘zbekistonda tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlarini tayinlash bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilgan.

Qayd etilishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Adliya vazirligi (Davletov) 2020 yil mayga qadar tahliliy ma’lumotlar, takliflar ishlab chiqadi.

Shuningdek, OAVning faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini ta’minlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, jurnalistlarning o‘z kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalari ishlab chiqiladi.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularda jamoatchilik, xususan OAV bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish choralarini ko‘rish ham mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ular muassisliklaridagi gazeta va jurnallarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ulardagi tahririyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning manbalarini aniqlash, shuningdek, mazkur bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratish masalasini hal etish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni tayinlash bekor qilinadi