16:13 / 14.12.2019
3 378

Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ayni damda Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va yangi yil bayramini O‘zbekistonda kutib olishni niyat qilgan hamyurtlarmiz va chet el fuqarolariga bayram tuxfasi sifatida joriy yilning 19 dekabridan e’tiboran «Toshkent – Moskva – Toshkent» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar «Uzautotrans Service» korxonasi tomonidan zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Qatnovlar «Toshkent» avtovokzali va Moskvaning «Novoyasenevskaya» avtostansiyasidan amalga oshiriladi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12:00 da ilk avtobus Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahri tomon «Toshkent» avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan.

Ushbu qatnov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni «Toshkent» avtovokzalining (71) 207-87-00 hamda (97) 758 14 24, (99) 808 47 42, (99) 808 47 17 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xabar.uz'ga ma’lum qilinishicha, Moskvaga yetib borilgunga qadar 3556 kilometr masofani uch kunda bosib o‘tish rejalashtirilgan. 19 dekabrda yo‘lga chiqqan yo‘lovchi avtobus 22 dekabr tongida Moskvaga kirib boradi.

Avtobusni uch haydovchi almashib boshqarib boradi. Yo‘l davomida xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqilgan. Avtobus faqat ovqatlanish uchun oldindan belgilab olingan joylarda to‘xtaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi