2 967
Alisher Qodirov: "Insonni birinchi o‘rinda o‘zini hurmat qilishiga erishishimiz kerak"
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov Uzreport telekanalidagi ko‘rsatuvda migratsiya yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘zbekiston yaqin 20 yilda o‘z mehnat resurslarini ish bilan to‘liq ta’minlaydi desak, bu yolg‘on gap bo‘ladi. Biz o‘zimizni aldayotgan bo‘lamiz. O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarining o‘sish sur’atlari hamda mehnat resurslari, aholining ko‘payish darajasi bir-biriga mutanosib emas. Dunyoda mehnat resurslarining ortiqchasiga ega bo‘lgan davlatlar bor, O‘zbekiston shulardan bittasi. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda, biz ushbu masalaga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning ishga yondashuv shaklini tubdan o‘zgartirishimiz kerak. Bugun mehnat resurslarini eksport qilishning samarali tizimi haqida bosh qotirishimiz shart.
Bugun buning atrofida juda ko‘p gaplar bo‘lyapti: sharoit yaratish, ular holidan xabar olish. Bular masalaga yechim emas. Biz bugun yaqin atrofdagi mamlakatlarda qanday mehnat resurslariga talab bo‘lishi mumkinligi, ularni qanday shaklda o‘sha joyga olib borib, sharoitlari, haq-huquqlari ta’minlanadigan holatda ishga joylashtirishning samarali tizimi haqida o‘ylashimiz shart», - dedi u.
Alisher Qodirovning aytishicha, parlamentlar parlamentlararo uchrashuvlarda xorijiy davlatlarda yashayotgan fuqarolar huquqlarini ta’minlash masalalarini muhokama qilishi zarur.
«Biz maktabda bolalarni birinchi navbatda o‘zini hurmat qilishga o‘rgatishimiz kerak. O‘zini hurmat qilgan odam til bilmagan joyga ish qidirib bormaydi, o‘zini hurmat qilgan odam 50 dollarni iqtisod qilish uchun yonib ketishi aniq bo‘lib turgan avtobusga o‘tirib, 50 daraja sovuqda yo‘lga chiqmaydi. Aynan shuning uchun biz aytayapmiz: insonni birinchi o‘rinda o‘zini hurmat qilishiga erishishimiz kerak», - dedi Alisher Qodirov.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi