06:30 / 16.12.2019
3 855

DXX xodimlarining daxlsizligi kamayadi

DXX xodimlarining daxlsizligi kamayadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqdi.

Mazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oshirish maqsadida “Prokuratura to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvchi mansabdor shaxslarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi normalar chiqarib tashlandi.

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha DXX raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma bekor qilinyapti.

Senatorlar mazkur o‘zgarishlar DXX xizmatchilarining mas’uliyatini oshirishga qaratilganini qayd etib, Qonunni ma’qulladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX xodimlarining daxlsizligi kamayadi