2 840
Fuqaroni internetda obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan soxta bloger 500 AQSh dollari bilan qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi fuqaroni internetda obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan soxta bloger tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kitob tumani, «Birlik» MFY, «Qalmoq» qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.A. DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Kitob tumani bo‘linmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, «Xo‘jailmkoni» qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.M. o‘zini bloger sifatida tanishtirib, ish faoliyati va oilaviy holati bilan bog‘liq obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni yig‘ganini, ma’lumotlarni internetda tarqatishini aytib qo‘rqitgan. Tovlamachilik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari berishni talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 15 dekabr kuni soat 17:30 larda departament va DXX ning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta bloger Sh.M. va tumandagi 44-maktab yonida ariza muallifidan kelishilgan 1000 AQSh dollari hisobidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘rganish davomida Sh.M. o‘zini bloger sifatida e’lon qilib, kishilarning shaxsiy hayotiga ham daxl qilganligi aniqlangan. Jumladan, u ariza muallifi Sh.A.ning opasi K.A.ni to‘yda erkak kishi bilan «vals»ga tushganini tasvirga tushirib, Facebook va Telegram’ga tarqatgan. Sh.A.ning sayyor qabulga mast holda borganini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlariga chiqarib yuborgan.
«Kuni kecha Kitob tumanida bolalarga qurtlagan jigar va go‘shtdan ovqat tayyorlab berilayotgani haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni ham soxta bloger Sh.M. tarqatgan», deyiladi viloyat prokuraturasi ma’lumotnomasida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi