12:00 / 16.12.2019
2 533

Rossiyadan O‘zbekistonga 9 oy davomida 3,5 mlrd dollar yuborildi

Rossiyadan O‘zbekistonga 9 oy davomida 3,5 mlrd dollar yuborildi
Joriy yilning yanvar—sentyabr oylari davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 3 milliard 496 ming AQSh dollari yuborilgan. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma’lum qildi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.

Rossiyadan MDH davlatlariga pul jo‘natishda O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (1 milliard 941 million dollar), Qirg‘iziston (1 milliard 460 million), Armaniston (821 million dollar), Ozarbayjon (654 million dollar) va Qozog‘iston (394 million dollar) qayd etilgan.

Rossiyadan bu vaqt mobaynida eng ko‘p mablag‘ Shveysariyaga jo‘natilgan — 3 mlrd 964 millon dollar. Umumiy ro‘yxatda O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning uch choragi davomida O‘zbekistondan Rossiyaga 244 million dollar jo‘natilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan O‘zbekistonga 9 oy davomida 3,5 mlrd dollar yuborildi