18:23 / 16.12.2019
3 289

Sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar manzilga yetib bormadi

Sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar manzilga yetib bormadi
Inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi hamda sifati kafolatlanmagan turli mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelishiga bojxona organlari tomonidan keskin choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, fuqaro R.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 33,6 million so‘mlik 171 dona biofaol moddalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar manzilga yetib bormadi