18:40 / 16.12.2019
2 771

“Partiyalarimiz “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi”

“Partiyalarimiz “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi”
Yarim soat avval "O‘zbekiston-24" kanalining "Halqaro press klub" dasturida partiyalar debati bo‘ldi. Jonli efirda besh partiya ancha talashdi. Eng ko‘p o‘zaro talashgani O‘zLiDeP va Milliy Tiklanish bo‘ldi. XDP vakili: "shu besh yilda, siz - ikki partiya Demokratik Blok tuzib, birga bo‘ldilaring. Hozir nega bunaqa tomosho ko‘rsatayapsilar?!" deb, hayron bo‘ldi.

O‘zLiDeP – liberal partiya. Milliy Tiklanish – konservativ. Lekin, ikkala partiya ham o‘ng qanotda joylashgan. O‘zLiDeP – iqtisodiy o‘ng qanotda, Milliy Tiklanish – madaniy o‘ng qanotda. Shu nuqtai nazardan, ularning ittifoq qurishiga asos bor edi. Lekin, bizning partiyalar “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi. Bu pozitsiyalarni tushungan partiya vakillari ham o‘z mafkuralarida muttasil turisha olmaydi.

Debatda “majoritar” saylov tizimidan “partiyalar ro‘yxati” saylov tizimiga o‘tish muhokama qilindi. Bu tizimga o‘tishga ko‘proq O‘zLiDeP qarshi chiqdi, bu partiya vakili “aralash tizim bo‘lsin” dedi. O‘zLiDeP partiyaviy ro‘yxatlardan qo‘rqyapdi.

Agar partiyalar ro‘yxatiga o‘tilsa, partiyalar va parlament, haqiqatda jonlanishi kerak deb o‘ylayman. Ayni paytda, O‘zbekiston ichidagi tanishlarimni aytishicha, tuman hokimliklarida aniq nomzodlar uchun ovoz to‘plash, saylov kuni ularni yutug‘ini ta’minlash vazifalari qo‘yilmoqda. Bu tanishlarim ushbu tizimlarda ishlaydigan odamlar.

Saylovlar – bu ijtimoiy-siyosiy kelishuv. Demokratik saylovlarda, partiyalar va nomzodlar, odamlarning vakolatini olish uchun, jamiyatning muammolarini malakali olib chiqishadi va bu muammolarga malakali yechim taklif qilishadi. Shu hisobiga, demokratik davlatlarda siyosiy tafakkur nihoyatda rivojlangan bo‘ladi, har qanday inqirozlar vazminlik bilan, muttasil hal qilib borilaveradi. Hokimlarning bu tizimga aralashishi – korrupsiya va qoloqlik ifodasi hisoblanadi. Natijada, jamiyat yutqazadi, davlat yutqazadi.

Kamoliddin Rabbimov

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Partiyalarimiz “o‘nglar va so‘llar” tizimini yaxshi tushunishmaydi”