21:15 / 16.12.2019
4 898

Angrenda 2 bosh qo‘y 2,9 mln. so‘m qalbaki pulga sotildi

Angrenda 2 bosh qo‘y 2,9 mln. so‘m qalbaki pulga sotildi
Angrenda fuqaroning 2 bosh qo‘ylari evaziga 2,9 mln. so‘m qalbaki pul bergan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren shahrida joylashgan mol bozorida 2 nafar noma’lum shaxslar fuqaro E.A.ni aldab, 2 bosh qo‘ylarini 2,9 mln. so‘mga sotib olishga kelishib, unga 1 dona 100 ming so‘mlik va 57 dona 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni o‘tkazib, 2 bosh qo‘ylarini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda 2 bosh qo‘y 2,9 mln. so‘m qalbaki pulga sotildi