21:42 / 16.12.2019
5 606

Shuhrat G‘aniyev qaysi blogerni muntazam kuzatib borishini aytdi

Shuhrat G‘aniyev qaysi blogerni muntazam kuzatib borishini aytdi
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Viloyat rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil shov-shuvlar, jamiyatda jurnalist va blogerlarning o‘rni haqida o‘z munosabatini bildirdi:
Mamlakatning taraqqiyotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Shuning uchun ham bu kasb egalarini juda hurmat qilaman. Matbuot xolislik, haqqoniylik va to‘g‘rilikni talab qiladi. Bu mezonlarga amal qilgan jurnalistlarimiz turli uydirma va shov-shuvlarga uchmaydi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, hech qachon bir tomonlama manfaatlarni hisobga olmasligi kerak.

To‘g‘ri, ba’zi bir tanqidiy chiqishlar kimlargadir yoqmasligi aniq. Rahbarlar jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishdan qochmasdan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Ko‘plab jurnalist va blogerlar chiqishlarini muntazam kuzatib boraman. Men birorta blogerga ustunlik bermoqchi emasman. Xushnudbek Xudoyberdiyevning ijtimoiy tarmoqdagi chiqishlarini hamisha qiziqib, kuzataman
.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shuhrat G‘aniyev qaysi blogerni muntazam kuzatib borishini aytdi