22:07 / 16.12.2019
3 834

Andijonda gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 avtomobili portlab ketdi

Andijonda gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 avtomobili portlab ketdi
Andijon viloyatida joylashgan gaz quyish shoxobchasida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

16 dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon tumani «Jahonobod» MFY hududida joylashgan «Shodlik ishonch servis» MCHJga tegishli gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo‘lgan, hodisa oqibatida haydovchi X.K tan jarohati olgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 avtomobili portlab ketdi