11:47 / 17.12.2019
5 449

Urgut tumani hokimi o‘z oilasi bilan tog‘li hududdagi qishloqda qoldi

Urgut tumani hokimi o‘z oilasi bilan tog‘li hududdagi qishloqda qoldi
Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev o‘z oilasi bilan qish faslida tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan tumanning eng chekka tog‘li qishlog‘i Soyg‘o‘sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Soyg‘o‘s mahallasi tumanning eng chekka tog‘li hududi oxirgi qishlog‘i hisoblanadi, bu yerda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Qishloq ahli odamlariga ta’zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham yetarli, hokimlikning bu yerlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o‘zim bajarishim kerak bo‘lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim.

Foto: O‘zA
Xalqqa yaqinlik odamni o‘zligiga, ezgulikka chorlaydi. Sandal atrofida bobolar bilan qishloq tarixi, buguni, kelajagi haqida uzun suhbatlar qurdim. Bolalarimga ham o‘zimning shunday kechgan yoshligim haqida so‘zlab berdim. Qishloq xalqi boshqacha, ularning fazilatlarini ta’riflashga til ojiz, buni yurakdan his qilish kerak“, deydi Urgut tumani hokimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urgut tumani hokimi o‘z oilasi bilan tog‘li hududdagi qishloqda qoldi