18:50 / 17.12.2019
3 355

Ekologik partiya vakillariga o‘zlarini arqon bilan daraxtlarga bog‘lab qo‘yish taklif qilindi (video)

Ekologik partiya vakillariga o‘zlarini arqon bilan daraxtlarga bog‘lab qo‘yish taklif qilindi (video)
Xalqaro press-klubda o‘tgan siyosiy partiyalarning navbatdagi matbuot anjumanida jurnalist Malohat Yo‘ldosheva Ekologik partiya a’zolariga o‘zlarini daraxtga bog‘lab qo‘yishni taklif qildi.

“Mana, sizlarning partiyangiz tuzilganiga 11 oy, saylov kampaniyasi boshlanganiga esa 85 kun bo‘ldi. (Saylovgacha) yana 5 kun vaqtinglar qoldi. Shu vaqt davomida partiyangiz aniq nima ish qildi? Mana shu oxirgi 85 kun ichida nechta daraxt kesildi? Butun dunyoda ekopartiya a’zolari, ekologik qo‘mita emas, ekopartiya a’zolari daraxtlarning himoyachisi sanaladi.

Agar biron joyda daraxt kesiladigan bo‘lsa, ular o‘sha yerga borib, o‘zini kesilayotgan daraxtga bog‘lab oladi: “Agar kesadigan bo‘lsang, avval meni kes”, deydi. Men shuning uchun sizlarga ataylab arqon olib keldim. O‘zinglarni kesilayotgan daraxtlarga bog‘lab olinglar”, degan jurnalist Ekologik partiya vakiliga jonli efir vaqtida arqon tutqazdi.

U arqonni berayotgan vaqtda Xalqaro press-klub spikeri Ekologik partiya vakilidan “Partiyangizda qancha a’zo bor?” – deb so‘radi. “350 mingdan ortiq”, degan javobni olgach, “Sizlarga bunday arqondan yana 350 mingta kerak bo‘lar ekan”, deya kinoya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologik partiya vakillariga o‘zlarini arqon bilan daraxtlarga bog‘lab qo‘yish taklif qilindi (video)