18:02 / 18.12.2019
3 640

Yopilgan «Jasliq» qaysi tashkilotga beriladi?

Yopilgan «Jasliq» qaysi tashkilotga beriladi?
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bugun, 18 dekabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali «Media hall»ida «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash —mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzuida o‘tkazilgan tadbirda Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari hamda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining shaxsan birinchi rahbarlari ishtirok etdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Asosan, inson huquqlari va erkinliklarini yanayada samarali himoya qilish, konstitutsiyaviy tamoyillarga qat’iy rioya etish masalalari doirasida fikr almashilgan mazkur tadbirda mutasaddilar OAV xodimlarining qator savollariga javob qaytardi.

Xususan, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov «Jasliq» nomi bilan «tilga tushgan» Qoraqalpog‘istondagi jazo o‘tash muassasasining yopilishi arafasida u yerda qancha mahkum qolgani hamda mazkur «zona»ning keyingi taqdiri haqidagi savolga javob berdi: «Hammaga ma’lum, «Jasliq» koloniyasi yopildi! Bu yerda saqlanayotgan 361 nafar mahkum boshqa jazoni o‘tash koloniyalariga o‘tkazilgan. «Jasliq» bino-inshootlari qaysi tashkilotga berilishi masalasi yaqin kelajakda hal etiladigan masala».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yopilgan «Jasliq» qaysi tashkilotga beriladi?