13:35 / 20.12.2019
3 881

Sodiq Safoyev: «3 yil avval O‘zbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi»

Sodiq Safoyev: «3 yil avval O‘zbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi»
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy o‘zgarishlar, saylovoldi tashviqotini yakunlash, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantirish istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev tadbir davomida hozirgi o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi.

«3 yil avval O‘zbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi. Davlat o‘z asosiy funksiyalarini to‘g‘ri bajarmayotgan mamlakatlar safiga kiritilgan edi. Tushunarliki, shunday tahlilning o‘zi ko‘rsatadiki, mamlakatdagi vaziyatni chuqur bilgan hukumat a’zolari hamda birinchi navbatda, 13 yil davomida bosh vazir bo‘lgan inson albatta bu yerdagi o‘zgarishlarni boshlamasdan iloji yo‘q edi. Mamlakatning rivojlanishi konsepsiyasi, falsafasi o‘zgarishi kerak edi va ilgaridagidek barchamiz marksistik yondashuvdan chiqib avval iqtisod demasdan, shu narsa hamma uchun aniq bo‘ldiki, biz birinchi navbatda siyosiy tizimni o‘zgartirishimiz kerak. Sababi, siyosiy tizimni o‘zgartirmasdan, inson huquqlarini ta’minlamasdan insonning potensialini ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydi.

Investitsiyalarni olib kelish uchun, kichik biznesni rivojlantirish uchun, ish o‘rinlarini yaratish uchun, mamlakatimizni raqobatbardosh qilish uchun, birinchi navbatda, yangi qonunlar va davlat boshqaruvi tizimi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Men o‘ylaymanki, mana shu O‘zbekiston rivojlanishining paradigmasini tashkil qiladi», - deydi Sodiq Safoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sodiq Safoyev: «3 yil avval O‘zbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi»