22:04 / 20.12.2019
3 132

Oliy sud 19 nafar ayolni sud zalidan ozod etdi

Oliy sud 19 nafar ayolni sud zalidan ozod etdi
2019 yil 19 dekabr kuni 19 nafar ayol Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligida sud zalidan ozod etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Oliy sudda o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida jazoni o‘tash muassasasidagi 19 nafar ayolning nazorat tartibida bergan shikoyat arizasi ko‘rib chiqilgan.

Mahkuma ayollarning jazoning asosiy qismini o‘taganligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jazoni o‘tash jarayonida o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon etganligi e’tiborga olingan.

Shu bois 19 nafar ayolning yoshi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining kafolati xati inobatga olinib, sud zalidan ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy sud 19 nafar ayolni sud zalidan ozod etdi