23:33 / 20.12.2019
3 580

Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi

Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi
Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari kelishuvlariga asosan ikki yil davomida O‘zbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotlarini yetkazib beriladi.

2019 yil 4-chi chorakda birinchi 4 dona vertolyot yetkazib berish rejalashtirilgan.
“Birinchi vertolyot O‘zbekiston harbiy qismlaridan biriga yetib bordi”, - deb ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.

Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.

Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yo‘q qilish va quruqlikdagi kuchlar bo‘linmalarini zarba berish tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi