Gidrometeoroligiya xizmati markazining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil 21 dekabr kuni A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, «Qamchiq» dovoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
«Qamchiq» dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan.
Eslatilishicha, qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, qor ko‘chishi xavfi mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»