08:55 / 21.12.2019
2 841

Endi OAVlar davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Endi OAVlar davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori (1017-son, 19.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qaror bilan quyidagi ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi:
- ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish;
- matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish;
- noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish.

Mazkur reglamentlarga muvofiq, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

Reglamentga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga, matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnoma esa besh yil muddatga beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi OAVlar davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tkaziladi