22:58 / 22.12.2019
3 952

«Yavka» tarixdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu yaxshi belgi sifatida ko‘rilmoqda

«Yavka» tarixdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu yaxshi belgi sifatida ko‘rilmoqda
Markaziy saylov komissiyasi 22 dekabr kungi saylovda umumiy saylovchilarning (18,7 mln) 71,1 foizi (13,3 mln) qatnashgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu holatni ijobiy baholagan.
«Albatta bu raqam ichida bir kishi butun oila a’zolari nomidan ovoz berganlar ham bor. Ammo shunday bo‘lsada, ancha ishonarli raqam bu.

Avvalgi yillarda bu raqam hech qachon 85 foizdan kam bo‘lmagan. Ilgari qatnashgan saylovchilar sonini sun’iy ko‘paytirish uchun rosa harakat qilishgan. Keling, solishtirish uchun avvalgi saylovlardagi «yavka»ni ko‘rib chiqamiz:

2016 yil (Prezidentlik saylovi) – 87,73%;
2015 yil (Prezident) – 91,08%;
2014 yil (Parlament saylovi) – 88,94%;
2009 yil (Parlament) – 87,8%;
2007 yil (Prezident) – 90,6%;
2004 yil (Parlament) – 85,1%;
2002 yil (Referendum) – 91,58%;
2000 yil (Prezident) – 95,1%;
1999 yil (Parlament) – 95,03%.

Joriy yilda saylovda ishtirok etish foizining kam bo‘lgani xalqimizning siyosiy qiziqishi avvalgi yillarga qaraganda kamayib ketganini anglatmaydi. Aksincha, bu – saylovlarda ko‘zbo‘yamachiliklar, «yavka»ni ko‘tarish uchun ovozlarni soxtalashtirish hamda qo‘shib yozish kam bo‘lganini anglatadi.

Bu juda quvonarli hol, men Sizga aytsam! Bravo! Shu tempni saqlab qolish, kelgusi yillarda raqamlarni yanada shaffoflashtirish kerak!», deya yozadi bloger.

Bloger Nozim Safari ham bu holatni yaxshi belgi sifatida qabul qilgan. «Saylovlar yakunlandi. 71 foiz yavka bilan. Kuzatuvchilar faollashuvi sabab raqamlar realga yaqinlashdi deb o‘ylayman. Prognozlarimiz o‘zini oqladi», deydi u.

Bloger Muhrim A’zamxo‘jayev esa kelasi safar ekzit-pollar ham bo‘lishiga umid bildirgan.

«Bu safar ishtirokchilar sonini real ko‘rsatkichlarga haminqadar yaqinlashtirdik (71,1 foiz — tarixda 85 foizdan pastlamagan ko‘rsatkich bu!), kelasi safar ekzit-pollar ham bo‘lar, so‘rovnomalar ham o‘tkazilar, saylov tugashi bilan g‘oliblar o‘z g‘alabasini tantana qilishni boshlashini ham ko‘rarmiz», deya yozgan u.

Saylovdagi davomat nisbatan kamroq bo‘lganiga boshqacharoq izohlar ham bor:

Ayni vaqtda Yevropa va AQSHdagi ayrim saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Xorijda jami 55 ta saylov uchastkasi tashkil qilingan va 1 million 697 ming 647 saylovchi ro‘yxatga olingan. Xorijda yashovchi taxminan 89 ming vatandosh muddatidan avval ovoz bergan edi.

Saylovlarning dastlabki natijalari 23 dekabr kuni soat 14:00da e’lon qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yavka» tarixdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu yaxshi belgi sifatida ko‘rilmoqda