14:00 / 25.12.2019
3 127

Endi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha sud majlisining audio yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin

Endi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha sud majlisining audio yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin
“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan 20 dan ortiq qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi.

Jumladan, tog‘-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, portlovchi moddalarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan korxonalar Prezident qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.

Bundan tashqari, Jinoyat-protsessual kodeks yangi norma bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha sud majlisining audio yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin