13:23 / 26.12.2019
4 344

O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar soni bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar soni bittaga ko‘paydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ–344-sonli Qonuni 10-moddasining (Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar) birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

- «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining»;
- beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining hududida tezkor-qidiruv faoliyatini:
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi.

Boshqa davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar soni bittaga ko‘paydi