13:03 / 27.12.2019
2 805

Poyezd g‘ildiraklari orasida yashirilgan “marixuana” fosh etildi

Poyezd g‘ildiraklari orasida yashirilgan “marixuana” fosh etildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX chegara qo‘shinlari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati Toshkent tumani "Oqko‘prik" temir yo‘l chegara stansiyasiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, vagonlardan birining g‘ildirak juftliklari orasida og‘irligi 371,55 grammni tashkil etuvchi 2 dona o‘ramda “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poyezd g‘ildiraklari orasida yashirilgan “marixuana” fosh etildi