16:00 / 27.12.2019
4 197

Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy maktabida bo‘ldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy maktabida bo‘ldi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan mazkur bilim muassasasini kelib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Maktabda keng sharoitlar, fan kabinetlaridan tashqari darslar hamda fakultativ mashg‘ulotlarni innovatsion usullarda o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan. Artel, UCell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari ochilgan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu sinflar, ulardagi muhit, asbob-uskunalar bilan tanishdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Maktabda o‘quvchilar zamonaviy mobil va kompyuter dasturlarini o‘rganishi, o‘z ustida ishlab, tajriba oshirishi uchun robototexnika va sanotexnika xonalari, innovatsion va virtual laboratoriyalar tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu bilim dargohida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-park bo‘linmasini tashkil etish, mamlakatimizning boshqa hududlarida ham shunday markazlar ochib, bu sohaga qiziqqan yoshlarga keng sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy maktabida bo‘ldi (foto)