06:34 / 28.12.2019
3 471

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlaridan biriga ayol hokim tayinlashni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlaridan biriga ayol hokim tayinlashni taklif qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tajriba tariqasida poytaxt tumanlaridan biriga ayol hokim tayinlashni taklif qildi. Ushbu taklif Prezidentning 27 dekabr kuni al-Xorazmiy maktabida yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvida ilgari surilgan.

Prezident hokimlikka tanlangan ayol avval tajriba to‘plashi lozimligini ta’kidlagan. «Gazeta.uz»ning xabar berishicha, davlat rahbari ushbu tashabbusni Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi Durdona Rahimovaning chiqishidan so‘ng ilgari surgan.

Durdona Rahimova o‘z chiqishida Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ayollar qaror qabul qilishni o‘rganishlari uchun 20 foizlik maqsadli qabul joriy etilishini taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir akademiyada bor-yo‘g‘i ikki-uch nafar xotin-qiz tinglovchi, xolos.

Shavkat Mirziyoyev bu taklifga munosabat bildirarkan, 20 emas, bus-butun 30 foizlik kvota taqdim etishga tayyorligini bildirdi, chunki, Prezidentning ta’kidlashicha, «qayerda ayol bo‘lsa, o‘sha yerda korrupsiya kamroq, o‘sha yerda xalq bilan muloqot ko‘proq».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlaridan biriga ayol hokim tayinlashni taklif qildi