11:30 / 28.12.2019
2 669

To‘lanmagan qarz evaziga qarzdorning avtomashinasi xatlandi

To‘lanmagan qarz evaziga qarzdorning avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Shofirkon tumani bo‘limi ish yurituvida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 01.11.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Alta qurilish ta’mirlash” MCHJdan undiruvchi “G‘ijduvon zamona qurilish” MCHJ foydasiga 32 983 828 so‘mlik qarzni undirish ijro hujjati mavjud.

Qarzdor “Alta qurilish ta’mirlash” MCHJ rahbari qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lashi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsada, ijro hujjati talabi ta’minlanmasdan kelingan. Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida “Alta qurilish ta’mirlash” MCHJga tegishli bo‘lgan “MAN CLA 37 280” rusumli o‘zi ag‘daruvchi avtomashinaga qidiruv e’lon qilinib, qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina Kogon tumanidagi “Quyimozor” kareridan topilib, xatlandi va Kogon tumanidagi “Chashm gavhari” firmasiga tegishli jarima mayjonchasiga joylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘lanmagan qarz evaziga qarzdorning avtomashinasi xatlandi