13:55 / 28.12.2019
3 279

Shavkat Mirziyoyev «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarga tashrif buyurdi​

Shavkat Mirziyoyev «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarga tashrif buyurdi​
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2009 yilda tashkil etilgan ushbu erkin iqtisodiy hudud bosqichma-bosqich rivojlanib kelmoqda.
Joriy yilning o‘zida mazkur iqtisodiy zona rezidentlari 27 taga ko‘paydi va jami 66 taga yetdi. Loyihalarning umumiy qiymati 437 million dollardan oshadi. Yana ko‘plab proyektlar ustida ish olib borilmoqda.

president.uz
Iqtisodiy zonadagi sub’ektlardan biri — “National plast” mas’uliyati cheklangan jamiyat. Umumiy qiymati qariyb 16 million dollar bo‘lgan ushbu korxonada polivinilxloriddan profillar ishlab chiqariladi. Joriy yilda 10 ming tonnadan ziyod mahsulot tayyorlangan.

Prezidentimizga korxonaning ikkinchi bosqichi haqida ma’lumot berildi. 2020 yil uchinchi choragida foydalanishga topshiriladigan ushbu loyiha natijasida 40 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish, 10 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

president.uz
Shavkat Mirziyoyev EIZdagi “Green Line Profil” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan ham tanishdi.

Umumiy qiymati qariyb 40 million dollar bo‘lgan mazkur korxona 2018 yilda ishga tushirilgan. 650 ta ish o‘rni yaratilgan. Joriy yilda 18,6 ming tonna mahsulot tayyorlanib, 10 million dollarlik eksport qilingan. Kelgusi yili ishlab chiqarish hajmini 22 ming tonnadan oshirib, eksport miqdorini 14 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

president.uz

president.uz
- Bugungi kundagi eng muhim vazifa — qo‘shimcha qiymat va ish o‘rinlari, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Har bir sanoat korxonasi zamonaviy texnologiyalar va aql bilan qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishi kerak. Tashqi bozorni o‘rganib, tannarxni tushirish evaziga eksportni oshirishga intilishi zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarga tashrif buyurdi​