13:30 / 28.12.2019
3 569

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida «Lasetti» beton to‘siqqa urilib yonib ketdi

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida «Lasetti» beton to‘siqqa urilib yonib ketdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
2019 yil 27 dekabr kuni 08:00larda, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududidan o‘tuvchi 4R-126 “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yo‘lining 3-km.da YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.O. “Lasetti” rusumli avtomobilini boshqarayotib, rulda uxlab qolish oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va avtomobil to‘liq yonib ketgan.

Natijada, avtomobil yo‘lovchilari, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchilar, 1992 yilda tug‘ilgan D.Sh. va 1999 yilda tug‘ilgan A.A. voqea joyida halok bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida «Lasetti» beton to‘siqqa urilib yonib ketdi