18:50 / 29.12.2019
3 166

Namanganda 20 million dollarlik sement zavodi qurilishi boshlandi

Namanganda 20 million dollarlik sement zavodi qurilishi boshlandi
Chust tumanining «Zarafshon» dahasida mahalliy investor mablag‘lari hisobiga qurilishi ko‘zda tutilgan sement zavodining tamal toshi qo‘yildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

«Factory cement» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilishi boshlangan, loyiha qiymati 20 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu zavod 6,3 gektar maydonda qad rostlaydi.

"200 ta ish o‘rni yaratishi ko‘zda tutilgan semet zavodimizning yillik quvvati 300 ming tonnaga teng bo‘ladi", — deydi tadbirkor Abdurahim Murodov.

Xitoyning «Henan Huohang» markali zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlanadigan yangi zavod 2020 yil oxirida ishga tushishi rejalashtirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 20 million dollarlik sement zavodi qurilishi boshlandi