19:15 / 29.12.2019
3 380

O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi chegara punkti ochiladi

O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi chegara punkti ochiladi
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi chegara punkti ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda,O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida uch yil oldin hamma narsa yopiq edi. Kelishuvlar natijasida 16ta o‘tkazish punktlari ochilgan. Hozirda o‘n oltita punktning barchasi kechayu kunduz ishlayapti. O‘n yettinchisi yaqinda ochilgan.

“Tojikiston tomonining iltimosiga binoan hozir o‘n sakkizinchi chegara punktini ochish masalasi ustida ishlamoqdamiz”, - dedi Ilhom Ne’matov.
Vazir o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, yangi chegara o‘tish joyi Jizzax viloyatining Balandchaqir aholi punktida joylashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi chegara punkti ochiladi