13:50 / 30.12.2019
6 979

MIB Munisa Rizayevaning «BMW X7»sini xatlamoqchi bo‘ldi

MIB Munisa Rizayevaning «BMW X7»sini xatlamoqchi bo‘ldi
Foto: «Instagram»
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yakkasaroy tumani bo‘limi xonanda Munisa Rizayevaning «BMW X7» rusumli qimmatbaho mashinasini xatlash chorasini ko‘rishga tushgandi.

Sabab — xonanda shu yilning oktabr oyida yo‘l harakati qoidasini ko‘pol ravishda buzgani uchun belgilangan jarimani (1.115.000 so‘m) to‘lamay kelgan ekan-da. Yo‘q, masala mashinani xatlab, jarima maydoniga tiqishgacha yetib bormadi. Voqealar rivoji nima bilan yakun topishini anglagan M.Rizayeva darhol belgilangan jarimani to‘ladi.

«Birrov»ga to‘yga borishi falon dollar bo‘lgan xonandaki to‘lov masalasida shunday «og‘ir karvonlik» qilar ekan, MIBchilar oddiy fuqarolardan yozg‘irmasayam bo‘ladi, chog‘i...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Munisa Rizayevaning «BMW X7»sini xatlamoqchi bo‘ldi