21:30 / 31.12.2019
4 399

Shayx: "Shunchaki bayram deb o‘zingizni aldamang..."

Shayx: "Shunchaki bayram deb o‘zingizni aldamang..."
Xristianlar o‘z dinlarini bizlarga va bolalarimizga o‘rgatish uchun hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqib biz xochga sig‘inamiz demaydilar. Boshqa, ko‘zga chiroyli bo‘lib ko‘rinadigan yo‘ldan keladilar.

Yangi yilni qutlash bizga, tashqaridan kelgan narsadir. Ota-bobolarimiz bu dinni qutlashmagan, bilishmagan. Yangi yil yevropaliklar uchun bir kun.

Hazrati Iso alayhissalom, tabiiyki, biz ham sevgan, ishongan payg‘ambar, ammo hazrati Isoni yangi yil archasiga tushadi deb o‘ylashadi. Archani bezatishlari ham shu sababdan. Holbuki bunday narsa yo‘q.

Xristian odatlariga ergashmaslikni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilganlar. Musulmon inson to‘g‘ri bo‘lgan ishni qilishi lozim.
Yangi yilni qutlash, gazetalarning, televizorlarning, xalqning, maktab, litsey o‘quvchilarining yoki diniy tahsil olmagan, dinga yetisha olmagan kimsalarning xuddi milliy bayramdek, xuddi asrlardan buyon bu bayramni nishonlanayotgandek kutib oladigan holiga keldi. Holbuki, buni ASLO qilmaslik kerak. Chunki o‘z urf-odatimizga bog‘lanmasak, boshqalarga taqlid qila-qila o‘zligimizni yo‘qotamiz.

Bolalarni xursand qilamiz, shunchaki xursandchilik qilamiz deb uylariga archa bezatadilar, mushakbozlik qiladilar, “Christmas” deb ko‘chalarni bezatadilar, ta’tilga chiqadilar, yolg‘on soqolli bir odamga “sovg‘alar” tarqattiradilar. Bularning hammasi nima? Bularning hammasi ko‘zbo‘yamachilik!
Oldin o‘zlariga o‘xshatib, so‘ngra xristianlashtiradilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri dinlarini aytishsa ishonishmaydi deya qo‘rqadilar. Oldin ko‘zbo‘yamachilik qilib, keyin dinimizga o‘rgatamiz deydilar.

Aytadilarki: “Bu odam oldin biz tarafga moyil bo‘lsin, keyin biz bolasini kichiklikdan o‘zimizga o‘xshatamiz. Birinchi avlod, ikkinchi avlod va so‘ngra uchinchi naslda bu ishni hal qilamiz”, – deydilar. Ularni bizning hoji bobolarimizdan umidlari yo‘q! O‘z avlodimizni bulardan qutqarib go‘zal hayot qurmog‘imiz lozim!

Ey birodarlar!
O‘zingizni shunchaki bayram qilamiz deb aldamang...

Shayx Mahmud As’ad Jo‘shon

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx: "Shunchaki bayram deb o‘zingizni aldamang..."