08:58 / 02.01.2020
2 679

“Harbiy Qorbobolar” qoraqalpoq xalqini Yangi yil bayrami bilan qutlamoqda

“Harbiy Qorbobolar” qoraqalpoq xalqini Yangi yil bayrami bilan qutlamoqda
Tutun ortidagi harbiy orkestr, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, qo‘l jangi san’ati namoyishi hamda “harbiy Qorbobolar”ning konsert dasturi qoraqalpoq xalqiga Yangi yil bayramining o‘zgacha shukuhini tarqatishga xizmat qildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi Nukus shahridagi “Korzinka.uz” ko‘ngilochar-savdo majmuasi oldida Yangi yil arafasida xalqqa xushkayfiyat ulashish uchun bayramona konsert dasturini namoyish etdi. Konsertning birinchi qismi harbiy vatanparvarlik kuy va qo‘shiqlar, ko‘rgazmali chiqishlar bilan boshlandi. Tutun ortidan paydo bo‘lgan Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestr jamoasi yig‘ilganlarni hayratga solgan bo‘lsa, ular tomonidan ijro etilgan milliy va jahon estradasining sho‘x navolar dillarni o‘ziga maftun etdi.

Konsert dasturi Yangi yil bayrami dasturxonini bezatish uchun savdo majmuasiga kelganlarni ham, bozor-o‘charni qilib bo‘lganlarni ham befarq qoldirmadi. Davra borgan sari kengayib, odam gavjumlashib bordi.

Faxriy qorovulning saf elementlarini mahorat bilan bajarayotganini ko‘rgan bolajonlar harakatlarni beo‘xshov qaytarishga urinishar, zavqu-shavqqa to‘lganidan yuzlaridan kulgu arimasdi.

Qo‘l jangi elementlarini namoyish etgan muddatli harbiy xizmatchilar jasurlik, mardlik va matonat timsolidek barchada esda qoldi.

Tadbir yakuniga yetay deganda odamlarni hayratga solib Yangi yil bayramining bosh qahramoni – Qorbobo kiyimlarida davraga harbiy orkestr ijodiy guruhi chiqib keldi. Yangi yil bayrami kuylari bilan hammani lol qoldirgan ijodkorlarning bu chiqishi yig‘ilganlarning bayramona kayfiyatini yanada ko‘tarilishiga xizmat qildi.

Askar bolalar tomonidan o‘zbek va qoraqalpoq tillarida o‘qilgan “Vatanga qasamyod” matni bolakaylarning ishtiyoqini uyg‘otganidan harbiy libosdagi akalari bilan bir safda turishga chorladi.

Konsert dasturi davomida qoraqalpoq xonandalari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar yig‘ilganlarga zavq ulashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Harbiy Qorbobolar” qoraqalpoq xalqini Yangi yil bayrami bilan qutlamoqda