13:15 / 02.01.2020
5 593

Qashqadaryo hokimi dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yib, tarqatishni buyurdi (video)

Qashqadaryo hokimi dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yib, tarqatishni buyurdi (video)
Telegramdagi muxbir.uz kanalining yozishicha, Qashqadaryo hokimi dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yish to‘g‘risida topshiriq bergan.
Qashqadaryoda viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, o‘zgalar mulki bo‘lgan qo‘ylar so‘yilib, kam ta’minlangan fuqarolar va ustalarga tarqatilayotgani haqida video tarqaldi, — deb yozadi manba.

Videoda chiqish qilgan mas’ulning aytishicha, mazkur o‘zboshimchalik viloyat hokimi tomonidan buyurilgan.
— Video muallifining ma’lumot berishicha, videoda chiqish qilgan mas’ul viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov — deya holatga oydinlik kiritishga urinadi manba.

Akrom Aripovning aytishicha, u Nishon tuman IIB boshlig‘i bilan birga tumanning Ibn Sino hududidagi «Otamurod ota» fermer xo‘jaligida bo‘lib, dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasini topgan.

Video davomida Akrom Aripov qo‘ylar Zoir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra, so‘yilayotganini aytib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlayotgan ustalarga berilishini aytadi.

Dalani payhon qilgan qo‘ylar topilishi yaxshi, albatta. Ammo sud qarorsiz o‘zgalar mulkini so‘yib, tarqatish qaysi qonunda ko‘rsatilgan? Mulk daxlsizligi nima bo‘ladi?

Qashqadaryo hokimi bir vaqtning o‘zida sud ham bo‘loladimi?
Ushbu videoga viloyat hokimligi axborot xizmati hozircha munosabat bildirmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo hokimi dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yib, tarqatishni buyurdi (video)