14:30 / 02.01.2020
4 150

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati 15 sutkaga qamalgan bloger ishi bo‘yicha bayonot berdi (video)

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati 15 sutkaga qamalgan bloger ishi bo‘yicha bayonot berdi (video)
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida «Otabek Nuritdinov» taxallusi bilan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirib kelgan fuqaro Abdufatto Nuritdinovning tuhmat, haqorat va bezorilikda aylanib 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolanishi yuzasidan videobayonot bilan chiqdi.

Videobayonotda Asaka tuman «Suvoqova» DUK rahbari Bahodir Qahhorov, «HududgazAndijon» Asaka tuman filiali rahbari Javlonbek Ismoilov, Andijon viloyati moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Aziz Ikromov, Asaka tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Parpiyev, Asaka tumani 27-maktab direktori Muhayyo Isoqova, Asaka tumani 59-maktab direktori Dilfuza Jo‘raboyeva, Andijon viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Yahyobek Abdulxakov, Andijon viloyati ma’muriy sudi sudyasi Oybek Barakabayev hamda Andijon viloyati prokurori o‘rinbosari Baxtiyor Xudoyberdiyev bloger bilan bog‘liq ma’muriy ishga aloqador ma’lumotlar va faktlar haqida gapirgan.

Bayonot so‘ngida Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Mirzohid Botirov ijtimoiy tarmoqlarda dalillar bilan mustahkamlanmagan masalalarni yoritish, fuqarolarning shaxsi, qadr-qimmatini kamsitish, ularni haqoratlash va tuhmat qilish qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatgan.

Ижтимоий тармоқларда фуқаро А.Нуритдиновнинг маъмурий қамоққа олинганлиги ҳақидаги хабарлар юзасидан Андижон вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати Р А С М И Й Б А Ё Н О Т И

Опубликовано Андижон вилоят ҳокимлиги Матбуот хизмати Среда, 1 января 2020 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati 15 sutkaga qamalgan bloger ishi bo‘yicha bayonot berdi (video)