16:59 / 04.01.2020
3 038

Fuqaro chetga chiqishi uchun 78 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi

Fuqaro chetga chiqishi uchun 78 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2011 yil 24 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Oltinsoy tumanida yashovchi Sh.Xaydarov sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Sh.Xaydarov Majburiy ijro byurosining Oltinsoy tuman bo‘limiga chetga chiqish huquqlarini tiklab berishni so‘rab murojaat qilgan va davlat ijrochisi tomonidan uning vaqtincha chetga chiqish huquqlari qanday tartibda bekor qilinishi tushuntirilganda, Sh.Xaydarov farzandlarining 18 yoshga qadar bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lashni afzal bilib, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 78 million aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.
Hujjatlar qonuniy rasmiylashtirilgandan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan unga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro chetga chiqishi uchun 78 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi