10:23 / 05.01.2020
3 727

Termizda maktab o‘quvchilari salqin ichimliklardan yasalgan archaning bir parchasini o‘g‘irladi

Termizda maktab o‘quvchilari salqin ichimliklardan yasalgan archaning bir parchasini o‘g‘irladi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Termizdagi «Yubileyniy» savdo markazining hovlisiga yaxna ichimlik suvlaridan qad rostlagan archaning bir qismini o‘g‘irlab ketilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, buni Termiz shahar 6-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari bo‘lmish 5 nafar voyaga yetmagan bolalar H.A., A.B, B.O, J.A, M.Sh. sodir etgan aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Yubileyniy» savdo markazi atrofiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida kuzatib o‘tirgan qorovul Turg‘un Tojiyev Termiz shahar 4-son IIB navbatchilik qismiga xabar qilgan. Voqea joyiga tungi navbatchilik qilayotgan Termiz shahar «Alpomish» mahallasi 13-sonli tayanch punkti katta profilaktika inspektori yetib borgan.

2019 yilning 31 dekabr kunidan 2020 yil 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 00:30 larda besh nafar voyaga yetmagan bolalar qo‘lga olinib, Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Termiz shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, ulardan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan profilaktika katta inspektori tomonidan 5 nafar voyaga yetmagan bolalarning qoidabuzarligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda maktab o‘quvchilari salqin ichimliklardan yasalgan archaning bir parchasini o‘g‘irladi